Toshkent iqtisodiyot universiteti tarkibiga Moliya hamda Fiskal institutlari qo‘shilmoqda. Bu ikki OTMda tahsil olayotgan talabalar birlashtirilgan universitetda o‘qishni davom ettiradi. Yangi oliygohda kuzatuv kengashi, Transformatsiya markazi va universitetni rivojlantirish jamg‘armasi bo‘ladi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti bitta universitetga birlashtiriladi. Unga To‘lqin Teshabayev rahbarlik qiladi.
Rasmiylar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutini Sergeli tumaniga ko‘chirish hamda ularni birlashtirish loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Kelgusida boshqa oliygohlarni ham sig‘imi va ilmiy salohiyatidan kelib chiqib, bosqichma-bosqich kattalashtirish (birlashtirish) rejalashtirilgan.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 90 yilligini nishonlash uchun 300 ming dollar ajratilayotgani haqidagi xabarlarga izoh berildi. Universitet matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga yubileyni nishonlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida ajratilayotgan 2,25 mlrd so‘mning nimalarga yo‘naltirilishini ma’lum qildi.
Qidiruvga berilgan TDIU sobiq prorektori Nodir Idiyev 2 mln dollarni o‘zlashtirganlikda ayblanayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga fuqaroni 15 ming AQSH dollariga kiritib qo‘moqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting